NFT haqida: NFT nima, nima uchun mashhur va NFTning ortida turgan millionlar

NFT haqida: NFT nima, nima uchun mashhur va NFTning ortida turgan millionlar

NFT nima?

NFT – o’zaro o’zgarmas token degan ma’noni bildiradi. Uni o’zgartirib yoki alashtirib bo’lmaydi.

Xususiyatlari:

Raqamli aktiv (buyum) – blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san’at asarlar va o’yinlar kabi yig’ish imkoniga ega tokenlardir.

Yagona – uni soxtalashtirish yoki boshqa yo’l bilan o’zgartirish mumkin emas.

Almashish – NFTni almasish uchun mahsus birjalar mavjud va unda kriptovalyutalarda savdo qilinadi.

NFT qanday ishlaydi?

NFTning asosiy qismi Ethereum kriptovalyutasining blockchainida joylashgan

NFT – individual token bo’lib, o’zida qimmatli ma’lumotlarni saqlaydi.

Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin.

NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi.

NFT nima uchu ishlatiladi?

Crypto-birja va san’at asarlarini yig’ishga qiziqadigan odamlar ko’pincha NFTdan foydalanishadi. Bundan tashqari, yana quyidagicha ishlatish mumkin:

Raqamli kontent – NFTlardan juda ko’p raqamli ijodkorlar foydalanib kelishmoqda.

O’yin buyumlari – NFTlar o’yin ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg’otgan. NFTs o’yinchilarga juda ko’p foyda keltirishi mumkin. Odatda, onlayn o’yinda siz o’zingizning o’yin qahramoningiz uchun qo’shimcha narsalar sotib olasiz va bo’ldi u siz bilan qoladi. NFTlar bilan siz narsalarni sotib olganingizdan so’ng ularni sotish orqali pulingizni qoplashingiz mumkin.

Domen nomlari – NFTlar domeningizni eslab qolish osonroq bo’lgan nom bilan ta’minlaydi. Bu veb-sayt domen nomi kabi ishlaydi, uning IP manzilini esda qolarli va qimmatli qiladi, odatda uzunligi va dolzarbligiga asoslanadi.

Basketboldagi videolar orqasidan millionlab dollar

Oxirgi paytda mashhur bo’layotgan NFTlardan bu NBA Top Shot kolleksiyasidir. Bu NFTlar Dapper Labs (CryptoKitties o’yinini ishlab chiqaruvchilar) va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) o’rtasidagi hamkorligi asosida yaratilgan. NBA basketbol tarixidagi eng mashhur va eng muhim voqealar muxirlangan qisqa videolarni litsenziya asosida Dapper Labsga beradi, u esa videolarni raqamlashtiradi va xaridorlarga sotadi. Bu NFTlar kollektsiyasidan allaqachon 230 million dollar ishlab olishgan.

Eng qimmatga sotilgan qisqa videolar:

LeBron James “Cosmic” Dunk: $208,000

Zion Williamson “Holo MMXX” Block: $100,000

LeBron James “From the Top” Block: $100,000

LeBron James “Throwdowns” Dunk: $100,000

LeBron James “Holo MMXX” Dunk: $99,999

Nima uchun NFTlar mashhur bo’lib ketti?

NFTs aslida 2015 yildan beri mavjud, biroq ular hozirda bir necha omillar tufayli mashhurlik oshib bormoqda. Birinchisi va eng muhimi bu blockchain va kriptovalyutalarning keng ishlatilib, mashhurlikka erishgani. Bundan tashqari, muxlislik qilish va tanqislik qonuni birgalashib yana bir sababni keltiriib chiqargan. Chunki xaridorlarning barchasi noyob raqamli kontentga ega bo’lish va ularni investitsiya turi sifatida saqlash imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi.

Mohirdev.uz – kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi