Bir necha soatlik kod yozishdan keyin ko’zingiz qamashib, o’qishga qiynalib ketayapsizmi? Juda ko’pchilik bu muammoga duch kelguncha, shriftini o’zgartirishni o’ylab ko’rmaydi.
1000 lab kod qatorlarni o’qishga qiynalayotgan bo’lsangiz, balki yangi shriftga o’tish vaqti kelgandir.
Siz uchun o’qish oson bo’lgan va ko’zni og’ritmaydigan bepul shriftlarni jamladik.
Dasturchilar uchun bepul shriftlar to’plami:
Avvalo, dasturchilar uchun yaxshi shrift qanday bo’lishi kerak:
O’qishga oson va qulay. 100 lab kodni o’qiyotgan payt, ko’zni og’ritmasligi kerak
O’xshash belgilarni aniq ajralib turadigan bo’lishi kerak. Masalan, “0” soni bilan “O” xarfi yoki kichik “L” bilan “1” soni farqlanib turishi zarur
Ba’zi belgilarning turli versiyalari bo’lishi. Istalgan payt o’zingizga mosini olib ishlatishingiz mumkin
1. Fira Code
Juda ko’pchilik browserlar tomonidan qo’llab quvvatlanadi va belgilarning bir necha versiyalari bor. O’zingizga mosini qo’yib ishlataverasiz.
https://github.com/tonsky/FiraCode
2. Proggy Fonts
Bu font oddiy lekin effektiv ko’rinishi tufayli juda ko’pchilik tomonidan ishlatiladi, ayniqsa C va C++ chilar tomonidan. Unign ham bir necha versiyasi mavjud bo’lib, o’zingizga yoqqanini ishlatishingiz mumkin.
GitHub – bluescan/proggyfonts: Monospaced fonts for programming.
3. Source Code Pro
Adobe tomonidan ishlab chiqilgan fontlardan biri bo’lib, UI uchun juda mos hisoblanadi. Source Sanga o’xshasa, dasturchilar uchun bir nechta o’zgarishlari qilingan: optimizatsiya qilingan belgilar, nuqtali 0, o’zgartirilgan “i”, “j” va ”l” va boshqalar
4. Dina
Dinaning aniq va minimalistik dizayni oson va qulay o’qilishini ta’minlab, o’quvchining ko’zlarini toliqtirmaydi.
Yana, uning BOLD versiyasi ham mavjud.
5. Terminus
Terminus uzundan uzoq, 8+ soatlik terminalga yoziladigan kodlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Boshqa kodlar kabi ko’zlarni toliqtirmaydi.
Juda ko’pchilik dasturchilar bu shriftni yillar davomida ishlatib kelishmoqda.
Terminus Font Home Page (sourceforge.net)
6. Input
Agar sizga to’liq qulaylik va erkinlik beradigan font kerak bo’lsa Input aynan siz uchun. Jami 168 stillga ega shrift. Belgilar orasidagi uzoqlikni ham o’zgartirsangiz bo’ladi.
Input shaxsiy loyihalar uchun tekin. Sayt kabi ommaga ko’rsatiladigan loyihalar uchun pullik versiyasini sotib olishingiz kerak.
Input: Fonts for Code (djr.com)
7. JetBrains Mono
Jetbrains mahsulotlarini ishlatib keladiganalr bu shrift bilan tanish bo’lishlari mumkin. Agar oldin foydalanmagan bo’lsangiz, bu shriftni ishlatib ko’rishni maslahat beramiz. Bu shrift maxsus dasturchilar uchun katta xajmdagi kodlarni o’qish uchun chiqarilgan.
U 145 ta tilni qo’llab quvvatlab, 8 xil qalinlikdagi versiyaga ega. Open-source bo’lib, xohlagan loyihada ishlatishingiz mumkin.
Moherdev bilan kasbiy xotirjamlikka erishing