Fobiya nima?
Avvalo, Fobiya nimaligi haqida tushuncha berib ketmoqchiman. Toʻgʻri, bu soʻz koʻpchilikka tanish, ammo kimlar uchundir yangi soʻz boʻlishi mumkin.
Fobiya bu – “qoʻrquv” degani. Inson nimadandir yoki kimdandir qoʻrqsa, ana o’sha Fobiya hisoblanadi.
Xoʻsh, dasturchilar nimadan qoʻrqishi mumkin?! Dasturchilar odatda qoʻrqmaydi. Mutaxassis inson hech qachon ish topa olmaslikdan yoki ishsiz qolishdan qoʻrqmasligi – tabiiy holat. Lekin O’zbekiston sharoitida dasturlashga yangi kirgan Internship yoki Junior dasturchilarda Fobiya boʻlish ehtimoli katta.
Buning sababi nimada deb oʻylaysiz?
Sababi shundaki, Oʻzbekiston bozorini kichik deb oʻylashadi. Aslida unday emas, Oʻzbekistonda turib chet el firmalariga ishlaydigan kompaniyalar yetarlicha topiladi.
Shu sababdan, dasturchi Junior darajasiga chiqqunicha ham oʻz ustida ishlab bilimini va amaliyotini mustahkamlashi kerak.
Internship nega kerak?
Bunda bilganlaringizni jamoa bilan ishlata olishni va jamoa muhiti qanday ekanligini tushunib olasiz. Iloji boricha, Internship davrida oʻsha kompaniyaning oʻzida ishlab qolishni mutaxassis ustozlar tavsiya qilishadi.
Junior darajaga chiqib olguncha inson o‘zidagi qoʻrquvni yenga olish kerak. Oʻz sohasini yaxshi tushungan Junior hech qachon ishsiz qolmaydi. Til bilgan Junior dasturchining Google orqali izlanib, remote ishlar topa olish ehtimoli katta.
Oʻz portfolio sahifangizda koʻp va sifatli loyiharingiz boʻlsa, ichingizdagi qoʻrquv oʻz oʻzidan yoʻqoladi, azizlar.
Izlaning, harakatdan toʻxtamang!
(c) Abdulvohid Karimov
Manba: nurmukhamedoff_dev