JavaScriptda har bir qiymat o’zining ma’lum bir tipiga ega bo’ladi.
JavaScriptda Data types
Misol uchun let age = 19; bu holatda age ning tipi number, ya’ni raqam turiga mansub. agar biz 19 qiymatini «19» ga almashtirsak, age ning tipi nimaga teng bo’ladi ?
Ha, string ga teng bo’ladi. Keling endi barcha «data type» lar bilan yaqinroq tanishamiz.
Quyidagi rasm darsimizga asosiy namunaviy manba
Demak, birinchi navbatda «data type» larni 2 turga bo’lib olamiz.
Primitive
Non-Primitive
Primitive tiplar o’zida faqatgina yagona qiymatni saqlay oladigan tiplardir. Bu tiplarga 7 ta tiplar kiradi. Ular haqida endi gap ketadi.
Non-Primitive tiplar esa o’zida bir qancha tiplardan tuzilgan ko’plab qiymatlarni saqlay oluvchi tiplardir. Bu turga 1 ta tip kiradi.
Primitive data types
Birinchi bo’lib Primitive tiplar haqida gaplashamiz.
Demak primitive tiplarga quyidagi 7 ta tip kiradi:
Number
String
Boolean
null
undefined
Symbol
BigInt
bu tiplarning barchasi primitive, chunki bu tiplar faqatgina yagona qiymatni o’zida saqlay oladi. Ikkinchi qiymatni qo’sha olmaymiz. Keling endi misollarga o’tamiz.
let name = «Josh»; // string
let age = 19; // number
let isAdult = true; // boolean
let myNull = null; // null
let MyUndefined = undefined; // undefined
let sym = Symbol(‘Josh’); // symbol
let MybigInt = BigInt(100); // bigInt
Ko’rib turgan misolimizda barcha keltirilgan «Primitive type» larga namunalar berilgan va bu namunadan bilishimiz mumkinki, Primitive tiplarning barchasi faqatgina yagona qiymatni qabul qiladi. Bu juda oddiy, shunday emasmi ?!
Ma’lumot uchun aytib o’taman biror qiymatni tipini tekshirish uchun biz «typeof» buyruqidan foydalanamiz. Misol uchun:
typeof name; // string qaytaradi
typeof 19; // number
typeof null; // null o’zini tipiga mansub bo’lsada, JS bu holatda «object» qaytaradi.
Endi esa Non-Primitive lar haqida .
P.S: Bu maqolada sizni qiziqtirgan va siz bilmagan ayrim tiplar bo’lsa kommentga yozing, ular haqida ham maqola qilaman. Misol uchun null, bigint. Chunki ularga bu maqolada to’xtalib o’tirmoqchi emasman. Sizlani taklifingizga qarab har biriga alohida to’xtalaman. InshaAlloh.
Non-Primitive types
Demak, biz endi gaplashadigan mavzuyimiz Non-primitive tiplar. Bunga tepada aytganimdek faqatgina birgina tip kiradi. Bu ham bo’lsa Object tipi. Nega ?
Chunki Object lar o’zida bir qancha qiymatni saqlay olish xususiyatiga ega va ular Reference type hisoblanadi. Bu haqida alohida maqola yozishim kerak.
Bunga misol :
let me = {name: «Josh», age : 19, isAdult: true}
yoki
let array = [«apple», true, 19, null, undefined]
va hokazo.
Ko’rib turganimizdek Object tipi misolida array va object keltirilgan. Bu holatda, ikkala o’zgaruvchi ham bir qancha qiymatlarni o’zida saqlab qoldi. Reference tiplar haqida gapirsak biroz gap ko’p, shu bois bu haqida alohida maqola yozishim maqsadga muvofiq bo’ladi.
P.S: Array, Function, Object bular hammasining tipi aslida object hisoblanadi.
Demak, type lar haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumotga ega bo’ldik deb umid qilaman. Taklif, savol va qo’shimchalarni kommentda kutaman.
Full Stack JavaScript Praktikum kursida o’qing