Project manager (loyiha menejeri) – bu loyihalarni tashkil etadigan, rejalashtiradigan va uni amalga oshiradigan professionaldir. Loyiha menejerlari mas’ul jamoalarni boshqarish, maqsadlarni aniq belgilash, manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish kabi mas’uliyatni o’z bo’yniga oladilar. Mutaxassis har qanday holatda loyihaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi uchun javobgar shaxsdir.
Xo’sh, keling endi loyiha menejerining vazifalari bilan tanishamiz.
Loyiha odatda boshlash, rejalashtirish, bajarish va tugatish bosqichlaridan iborat. Shunga ko’ra mutaxassislar vazifalariga quyidagilar kiradi:
• Loyihaning qamrov doirasi belgilash
• Loyihaning narxini rejalashtirish va byudjetni to’g’ri taqsimlash
• Loyiha resurslarini boshqarish (shu jumladan jamoalar va ishchilar)
• Loyihaning borishini hujjatlashtirish
• Manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish
• Risklarni baholash
• Muammolarni bartaraf qilish
Shuning uchun ham bunday mutaxassislarga dunyoning istalgan yerida talab yuqori. Axir, kim ham mas’uliyatli hodimi bo’lishini xohlamaydi deysiz?!
EndFragment