Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi

Ushbu maqolada Python dasturlash tilida Full-stack Web dasturchi bo’lish uchun yo’l xaritasini tuzamiz.

So’nggi yillarda Python dasturlash tili eng mashhur tillar qatoriga kirib keldi va 2021-yil ko’rsatkichlariga ko’ra turli reytinglarda JavaScript bilan bir qatroda eng yuqori o’rinlarni egallab turibdi.

https://i.imgur.com/CTSeERc.png

Bunga sabab, Python o’rganish uchun oson, sintaksi tushunarli va sodda, hamda minglab foydali kutubxona va modullarga ega. Bugungi kunda Python Machine Learning, Data Science va Web dasturlashda keng qo’llanilmoqda.

Web Dasturlash nima?

Web saytlarni (xizmatlarni) loyihalash, yaratish, onlayn serverlarga yuklash va ularga xizmat ko’rsatish web dasturlash deb ataladi. Web dasturlash ikki qismdan iborat: frontend va backend.

Frontend bu – web dasturning «yuzi» bo’lib bevosita foydalanuvchilar bilan muloqot qilishga, dasturning Backend qismi esa sahna ortida bo’ladigan jarayonlarga javob beradi.

Demak, web dasturchilar ham 3 turga bo’linadi: Frontend, Backend va ikkisini ham qamrab oladigan Full-stack dasturchilar.

Python dasturlash tili backend va full-stack uchun ishlatilgani uchun, quyida biz aynan shu yoʻnalishdagi dasturchilar bilishi kerak boʻlgan texnologiyalar bilan tanishamiz.

1. INTERNET VA WEB

Internet uchta oʻzaro bogʻlangan qismlardan iborat va dasturchi sifatida siz ularning qanday ishlashi haqida tasavvurga ega boʻlishingiz kerak:

  • Websaytlar: foydalanuvchilar kompyuter orqali murojaat qlishi mumkin boʻlgan, onlayn serverlarda joylashgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻplami.

  • Serverlar: websaytlarga oid maʼlumotlarni ulkan tarmoqda saqlaydigan kompyuterlar.

  • Brauzerlar: Web saytdagi hujjatlar va maʼlumotlarni foydalanuvchiga koʻrsatuvchi kompyuter dasturi.

Yuqorida aytganimizdek websaytning foydalanuvchiga qanday koʻrinishiga dasturning frontend qismi javobgar. Xoʻsh bu yerda qanday texnologiyalar ishlatiladi?

2. HTML va CSS

Web dasturlashga qadam qoʻygan har bir inson HTML va CSS yordamida sodda sahifalarni yaratishni bilishi shart.

HTML (HyperText Markup Language) – web sahifalarning tuzilishiga (sarlavhalar, matnlar, paragrflar, rasmlar joylashuvi, sahifalar oʻrtasidagi bogʻlamalar va hokazolarga) javob beradi. CSS (Cascading Style Sheets) esa sahigafa ko’rkam berish uchun ishlatiladi (ranglar, fonlar, shriftlar, tugmalar va hokazo)

Backend dasturchi kamida bu texnologiyalarni qanday ishlashi haqida tasavvruga ega bo’lishi kerak.

Hozirgi kunda bu texnologiyalarni o’rganish uchun onlayn resurslar juda ham ko’p. Jumladan, agar qisqa mudattda HTML haqida ma`lumotga ega bo’laman desangiz, mohirdev.uz sahifasidagi «45 minutda HTML5» kursini tavsiya qilamiz.

maxresdefault

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 10

Full-stack dasturchilar esa HTML va CSS haqida kengroq tasavvurga ega bo’lishi kerak. Buning uchun esa Ulug’bek Samigjonovning HTMLda Dasturlash va CSS bo’yicha mukammal kurs video darslarini tavsiya qilamiz. Qo’shimcha sifatida esa Bootstrap yoki Semantic UI kabi CSS frameworklarni bilish ham ziyon qilmaydi.

photo 2021 07 01 15 49 32

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 11

3. Javascript

HTML va CSS saytimizning tashqi ko’rinishiga javob bersa, Javascript dasturlash tili yordamida saytimizni interaktiv (foydalanuvchi bilan muloqot qiluvchi) qismini dasturlashimiz mumkin. Masalan, turli menular, animasiya, rasmlar galereyasi va slayderlar aynan JS da dasturlanadi.

Javascript kodlari backend serverda emas, bevosita foydalanuvchining kompyuterida ishga tushirilgani sababli tez ishlaydi. Bugungi kunda Javascript backend dasturlashda ham keng qo’llanilmoqda.

Javascript o’rganish uchun Samar Badriddinovning «Javascript: From 0 to Hero» kursini tavsiya qilamiz.

photo 2021 07 01 16 33 28

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 12

Frontendga doir texnologiyalar bilan tanishdik, navbat backendga.

4. Python

Pythonda Web dasturlashga qadam qo’yishdan avval, albatta dasturlash asoslari va OOP (Obyektga yo’naltirilgan dasturlashni) ham bilish talab qilinadi. Bu bilimlar sizning backendda web dasturlash sari qo’ygan ilk qadamingiz bo’ladi.

Python tilini o’rganish uchun mohirdev.uz sahifasidagi Dasturlash Asoslari kursini tamomlashni tavsiya qilamiz.

PYTHON.SARIQ .DEV

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 13

Dasturlash asoslarini o’rganar ekanmiz, qo’shimcha sifatida Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni ham bilish foydadan holi boʻlmaydi.

5. Python Django Web Framework va Maʼlumotlar Bazasi

Avvalo framework nima ekanligini tushunib olaylik. Ko’z oldingizga turli ish qurollari joylashgan qutini keltiring, bu qutida sizga kundalik hayotda kerak bo’ladigan barcha uskunalar bor.

Untitled

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 14

Framework ham shunday, Web dasturlar yaratishda kerak bo’ladigan barcha uskunalar frameworkda jamlangan bo’ladi. Masalan, foydalanuvchilarni ro’yxatga olish, maʼlumotlarni saqlash yoki ishlov berish, maʼlumotlar ombori bilan ishlash va hokazo jarayonlar web framework yordamida osonlik bilan amalga oshiriladi va sizning ishingizni kamaytiradi.

Pythoda Web dasturlash uchun eng mashhur framework bu Django. Django ochiq-kodli, yuqori darajali framework boʻlib, «tez, toza va pragmatik» dasturlash gʻoyasini ilgari suradi. Yaʻni, Django yordamida istalgan web dasturni qisqa muddatda, kam kod bilan ishga tushirish va kelajakda fodyalanuvchilar soni oshib ketganda dasturni bemalol kengaytirish mumkin.

Djangoning oʻziga hos xususiyatlaridan biri, bu framework web dasturlashning barcha jabhalarini (frontend, backend va maʼlumotlar bazasini) qamrab oladi. Django yordamida bemalol Full-stack dasturlar yaratishingiz mumkin.

Djangoni oʻrganish uchun mohirdev.uz sahifasidagi «Django 3 – Pythonda Full stack Web Dasturlash» kursini tavsiya qilamiz.

photo 2021 06 01 21 15 20

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 15

Bu etapda shuningdek, maʼlumotlar bazasini (MB) loyihalash va MB boshqaruv tizimlari (MySQL, PostgreSQL, MongoDB, SQLite, Oracle) haqida qoʻshimcha bilimga ega boʻlish ham tavsiya qilinadi.

6. QOʻSHIMCHA MAʼLUMOTLAR

Yuqoridagilarga qoʻshimcha sifatida har bir web dasturchi Git versiya nazorati, Linux operasion tizimi bilan ishlash va koʻp ishlatiladigan terminal buyruqlaridan xabardor boʻlishi lozim.

SOʻNGSOʻZ

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda Python Full-Stack Web dasturchining yoʻl xaritasi quyidagi koʻrinishda boʻladi:

roadmap

Python Full-stack Web dasturchi yoʻl xaritasi 16