Funksiya nima?
Funksiya – biror vazifa bajarishga mo’ljallangan kodlar majmui. Funksiya o’z navbatida bir xil kodni takrorlamaslik uchun ishlatiladi. Biz ko’p ishlatadigan print() ham funksiya hisoblanadi.
Funksiya turlari
Funksiyalar 2 xil turga ega: qiymat qaytaruvchi va qaytarmaydigan. Masalan, print() funksiyasi qiymat qaytarmaydi, shunchaki chop etadi.
Funksiyalar qanday yaratiladi?
Python buning uchun sodda sintaksisni taklif qiladi.
def funksiya_nomi(parametr1, parametr2, parametrN): # N bu istalgan son
funksiya kodlari
Masalan:
def songa_bir_qosh_va_chop_et(son):
print(son+1)
Endi funksiyani ishlatib ko’ramiz:
songa_bir_qosh_va_chop_et(5)
Natija: 6
Bu funksiyamiz bitta parametrga ega: son
Funksiya parametriga berilgan qiymat argument deyiladi, demak, 5 bizda argument.
Yana bir misol:
a = 3
def ayir(son):
global a
a = a-son
Funksiyamiz, global o’zgaruvchi a ning qiymatidan berilgan argumentni ayiradi.
ayir(1)
print(a)
Natija: 2
Demak, 1-tur funksiyalar tushunarli. Ular nimanidir o’zgartirish, chop etish va shu kabilar uchun ishlatiladi.
Endi 2-turga o’tamiz: qiymat qaytaruvchi funksiyalar
Funksiya qiymat qaytarishi uchun kod yakunida return qiymat qo’shiladi. Funksiya argument qabul qilib uni o’zgartiradi va yakunda natijani qaytaradi.
def qaytar(son):
natija = son+2
return natija
a = qaytar(1)
print(a)
Natija: 3
Agar biz funksiyaga return natija ni qo’shmaganimizda, funksiya hech qanday qiymat qaytarmasdi, va kutilgan natija olinmasdi.
Muallif: Future Dreams
Manba: Python FAQ
Pythonda funksiya. Funksiya nima? 3