Sun'iy Intellektning rivojlanishi va S-Curve.

Endryu Shmelyanning “AI is a fad and programming is dead” nomli maqolasidan tarjima. 2-qism.

·

2 min read

Sun'iy Intellektning rivojlanishi va S-Curve.

Sun'iy intellekt (SI) ayniqsa oxirgi bir yil ichida sezilarli darajada rivojlandi. Biz bazaviy eskizlar va chizmalardan Midjourney va boshqa shu kabi SI namunalari uslubidagi tasvirlar, matnlar va nutqlar asosida yaratilgan to’laqonli filmlarga o’tdik. Generative Pretrained Transformer (GPT) modelidagi OpenAI’ning rivojlanishi matn va kod yaratish sohasida ajoyib natijalar bo’lishi mumkinligini isbotladi. Hozirda Auto Generative Pretrained Transformer (AutoGPT) tajribalari ham o’tkazilmoqda, ularda iqtidorli dasturchilar Large Language Models (LLM) obyektlarini yuzaga chiqaruvchi jarayonlarni ishga tushirib, ular orqali murakkab ko’p bosqichli vazifalarni yakunlash uchun kerakli harakatlarni bajarishga va takrorlashga urinishmoqda.

Bu tajribalar sabab insoniyat go’yoki bu sohada tezkor sur'atlarda rivojlanib ketayotgandek tuyilishi mumkin, ammo xulosa qilishga shoshilmang.

Tarixdan ma’lumki, texnologik yutuqlar ketma-ket S-Curve deb ataluvchi egri chiziqlar asosida sodir bo'lishi ko'rsatilgan. Texnologiya asta-sekin oldinga siljiydi va bir maromdagi o’zgarmas holga tushishdan oldin sezilarli darajada tezlashadi. Bu yana takroran sodir bo'ladi, texnologiya yana xuddi o’sha siklni boshlaydi, lekin bu safar ancha yuqori darajada. Bir qarashda, hammasi to’g’ri chiziqli harakatlar asosida sodir bo’lgandek ko'rinadi, lekin aslida bu “to’g’ri chiziqlar” egri chiziqlarning bir necha marta takrorlanishidan vujudga keladi.

SI ham xuddi shu yo’ldan ketayotgan bo’lishi mumkin, degan taxmin asossiz emas (hech bo’lmaganda hozircha), shu o’rinda, savol tug’iladi: “unda biz hozirgi S-Curve egri chizig’ining qaysi nuqtasidamiz?”. Ehtimol, shiddat bilan yuqorida ko’tarilishdan avvalgi quyi nuqtadadirmiz, balki birozgina yuqoriga ko’tarilib olgandirmiz.

Agar men chiziqning aniq qaysi bir nuqtasida ekanimiz haqida garov o’ynamoqchi bo’lsam, biz o’zgarmas barqaror holatga o’tishga yaqin turibmiz, degan bo’lardim.

Biz LLM, uning atrofidagi texnologiyalar va umuman SI bo’yicha biroz yutuqqa erishganimiz rost, lekin o’ylashimcha, bizga to’liq rivoj uchun bir muncha vaqt kerak bo’ladigan nimadir yetishmayapti.

SI bilan yaratilgan kontent (video, nutq, kod, tasvirlar) ko’paygani sari odamlar uning robotlarga xos g’ayritabiiy jihatlarini ham payqay boshlashadi. Ko'pgina loyihalar singari, men ham bizga yetishmayotgan 10% gina nimadirni rivojlantirish uchun 90% vaqt va kuch kerak bo’lishiga aminman.

Biroq, keyingi egri chiziqqa yetib borgunimizcha va shiddatli rivojlanish boshlangunicha yana qancha vaqt ketadi? Buni aytish qiyin va hech kim bu savolga javob bera olmasa kerak.

Siz esa S-Curve’dagi qaysi nuqtadaligimiz aniq bo’lgunicha vaqtdan yutkazmang, Mohirdev "Data Science va Sun’iy intellekt" kursi yordamida o’zgarishlarga tayyor bo’ling.

Sun'iy intellekt seriyasidagi maqolalarning 1-qismini bu yerda o'qing.

Maqolani davomini esa bu yerda o'qishingiz mumkin.

Manba: “AI is a fad and programming is dead”