Sun'iy umumiy intellekt (AGI) hamma narsaning oʻrnini bosadi.

Endryu Shmelyanning “AI is a fad and programming is dead” nomli maqolasidan tarjima. 5-qism.

·

2 min read

Sun'iy umumiy intellekt (AGI) hamma narsaning oʻrnini bosadi.

Aytaylik, yuqorida aytilgan modellarning barchasi mukammallik darajasiga yetib, inson aralashuviga deyarli hojat qolmadi. Siz shunchaki buyruqni maʼlumotlar bazasiga (u ham sunʼiy intellekt tomonidan boshqariladi, deylik) biriktirishingiz mumkin. Bu yerda siz dasturda foydalanishingiz mumkin boʻlgan har qanday boshqaruv paneli, natijalar toʻplami yoki funksiyalarni soʻrab olishingiz mumkin. Keyin nima boʻladi?

Agar sunʼiy intellekt inson aralashuvi va nazoratini dasturlash sohasidan chiqarib tashlash uchun yetarlicha kuchli boʻlsa, demak, u deyarli barcha mavjud ijodiy va aqliy kasblar oʻrnini egallashi mumkin. Bu global iqtisodiy tanazzulga olib keladi, chunki ishchi kuchining 60% dan ortigʻiga ehtiyoj qolmaydi.

Hech boʻlmaganda bizga UBI (universal bazaviy daromad) yoki oʻta ogʻir holatlarda FALC (To’liq avtomatlashtirilgan ijtimoiy boylik tizimi) kerak boʻladi.

Bu, albatta, har bir biznes, qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, darhol ushbu texnologiyadan foydalanishga oʻtganida sodir bo’ladi. Biroq, aksariyat kompaniyalar har doim foyda va samaradorlikni maksimal darajada oshirishga intilsa-da, biznes olamining katta qismi texnologiya dunyosiga qaraganda sekinroq rivojlanmoqda.

Men hozirda Docker kabi vositalarni oʻzlashtirayotgan yoki React kabi loyihalar bilan ishlayotgan jamoalarni bilaman (bu texnologiyalar anchadan beri mavjud, ularning endi-endi o’rganilayotgani biznes odatda texnologik yangilikdan ortda bo’lishiga misol bo’la oladi). Korporativ dunyo juda sekin rivojlanmoqda. Hatto jamoaga yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda vazifalarning 90 foizini bajarib bera oladigan SI vositasi taqdim etilganda ham, sunʼiy intellekt tizimini moslashtirish paytida yoki undan keyin eski dasturiy taʼminot va oʻzaro bogʻliq boʻlgan murakkab tizimlarga texnik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshirilishi kerak boʻladi.

AQShning oʻzida dasturiy taʼminot yaratish sohasida 100 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari ochilgan. Chunki bugungi kunda toʻliq avtomatlashtirish imkoniyati mavjud boʻlsa ham, SI tizimiga toʻliq moslashishga erishish uchun ancha vaqt kerak boʻladi.

Maqolada keltirilgan ma’lumotlarni tushunishga qiynalyapsizmi? Bunga sabab sizda hali SI va data science haqida tushuncha yo’qligi bo’lishi mumkin. “Data science va Sun’iy intellekt” kursi bilan tanishib chiqing. Bu sizga SI imkoniyatlaridan to’liq foydalana oladigan dasturchi bo’lishingizda yordam beradi.

Sun'y intellekt seriyasidagi maqolalarning 4-qismini bu yerda o'qing.

Maqola davomini esa bu yerda o'qishingiz mumkin.

Manba: "As is a fad and programming is dead"