Sun'iy Intellekt va IT kelajagi haqida qisqacha xulosa.

Endryu Shmelyanning “AI is a fad and programming is dead” nomli maqolasidan tarjima. 6-qism.

·

2 min read

Sun'iy Intellekt va IT kelajagi haqida qisqacha xulosa.

Bu maqola Sun'iy Intellekt (SI) va dasturlash haqidagi hayolimni band qilib turgan fikrlarni qog’ozga ko’chirish maqsadida yozildi. Shu bilan birga, dasturchi sifatida kasbim kelajagi haqida havotirda emasman, deb alday olmayman.

Shunday boʻlsa-da, mening fikrimcha, dasturchilar SI sababli samaradorlikni oshirishga va yanada yaxshi mutaxassis darajasiga yetishga yordam beradigan vositalar paydo boʻlganidan quvonishlari kerak. Dasturchilik kasbiga qiziqqan yoki endigina AyTi sohasiga kirib kelayotgan har bir odamga sunʼiy intellekt vositalari va texnikalarini oʻrganishni va ish jarayonida ulardan foydalanishni tavsiya qilaman.

Oʻylaymanki, kelgusi bir necha yil ichida sunʼiy intellekt va dasturchilik sohasida koʻplab qiziqarli yutuqlarga erishamiz. Hozirda SI texnologiyasi sababli AyTi sohasida ish jarayoni yanada qiziqarli tus olmoqda. Mavjud vaziyatni hisobga olsak, dasturchilikning kelajagi oʻldi, deyishga aytarli asos yoʻq.

Vaqt oʻtishi bilan, dasturchilarning ish samaradorligi yaxshilanishi natijasida jamoa hajmi va kompaniyadagi rollar soni qisqaradi. Biroq, startaplar va kichik korxonalar ilgari koʻproq vaqt va kuch talab qilgan yangi mahsulot va xizmatlarni ishga tushirish uchun xuddi o’sha texnologiya va usullardan foydalanishlari mumkin.

Agar men butkul nohaq boʻlib chiqib, bir necha yil ichida dasturlash sohasi kasb sifatida urfdan qolsa, mayli, qiziqarli sarguzashtlarni shu yerda tugatib, chekka bir qishloqdagi shinamgina uyning tomorqasida dehqonchilik bilan shugʻullana qolaman.

Maqolani oxirigacha oʻqib keldingizmi, demak sizda sunʼiy intellekt sohasiga chinakam qiziqish bor. Dasturchi sifatida SI sizga qanchalik foydali ekanligiga amalda guvoh boʻlish uchun “Data science va Sunʼiy intellekt” kursi bilan tanishib chiqing. U yerda “eskirmaydigan dasturchi” boʻlishingizga yordam beradigan barcha bilimlar bor!

Sun'y intellekt seriyasidagi maqolalarning 5-qismini bu yerda o'qing.

Manba: "As is a fad and programming is dead"